Bolalar endokrinologi – bolalarda endokrin tizimi kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi shifokor. Bolalarning endokrin tizimi kattalarnikidn farq qiladi va ichki sekretsiya bezlari ishining har qanday buzilishi bolaning o‘sishi, rivojlanishi, jinsiy yetilishi va umumiy sog‘lig‘iga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun bolalar endokrinologi kichkintoyning normal jismoniy va ruhiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi